skipLink.label

Agent domendan chiqadi

RejadaSpetsifikatsiya yozildi. `davirix app check` va generator ijrosi hali yo'q.

Siz biznes boshqaruv ekosistemasi quryapsiz. Unda domenlar bor:

Ekosistema
├── ombor ← qoldiq, qabul, chiqim, inventarizatsiya
├── savdo ← buyurtma, mijoz, chegirma
├── moliya ← to'lov, hisob-faktura, qarz
├── HR ← xodim, davomat, ish haqi
└── loyiha ← vazifa, muddat, resurs

Savol: har bir domenga AI agentni qanday qo’shasiz?

Nega bu ekosistema uchun hal qiluvchi

heading.anchorLabel

Bitta domenga agent yozish — bir necha hafta. Besh domenga — bir necha oy, va ularning har biri boshqacha ishlaydi: kimdir tasdiqlaydi, kimdir yo’q; kimdir dublikatdan himoyalangan, kimdir yo’q.

⚡ Generatsiya bilan: har domen bir xil ishonch qatlamini oladi, chunki u qo’lda yozilmaydi.

Qo’lda Generatsiya
Yangi domen qo’shish haftalar kontrakt yozish vaqti
Ishonch qatlami har safar qaytadan bir xil, platformada
Sifat dasturchiga bog’liq daraja bilan o’lchanadi

Nima bepul keladi

heading.anchorLabel
✅ Avtomatik Kim yozadi
Tool katalogi hech kim — kontraktdan chiqadi
Ledger va idempotentlik platforma
Tasdiq zanjiri → VERIFIED platforma
Risk → approval oqimi platforma
Audit izi platforma
Permission majburlash platforma

⚠ Nima bepul emas

heading.anchorLabel

Bu halol chegara — uni yashirish keyin ishonchni buzadi.

Qoladi Taxminan
Prompt va ohang — agent nima deydi ~15%
Kontraktda yozilmagan biznes qoidalari ~5%
Evaluation — agent yaxshi ishlayaptimi doimiy ish

Ya’ni ~80% bepul. 100% emas, va biz buni va’da qilmaymiz.

Ombor domeni misolida

heading.anchorLabel

Siz yozasiz — kontrakt fayllari

heading.anchorLabel
inventory.stock.receive COMMAND R2 idempotent
verification: inventory.stock.get → state = open
inventory.stock.write_off COMMAND R3 # yo'qotish — yuqori risk
inventory.daily_summary QUERY summary
inventory.low_stock QUERY anomaly
inventory.item.search QUERY search
inventory.stock.get QUERY detail

Agent shundan quriladi

heading.anchorLabel

Endi agent qoldiqni tekshiradi, qabulni yozadi, tugayotgan mahsulot haqida ogohlantiradi — siz agent kodini yozmagansiz.

Va u «qabul yozildi» deyishga haqli, chunki inventory.stock.get uni tasdiqlaydi.

write_off esa R3 — u approval talab qiladi. Bu ham kontraktdan chiqadi, agent kodidan emas.

Domenlar birga ishlaganda

heading.anchorLabel

Ekosistemaning kuchi shu yerda: agent domenlar orasida ishlay oladi.

«Bu buyurtmani bajara olamizmi?»
├── savdo.buyurtma.get → nima so'ralgan
├── ombor.qoldiq.get → bormi
└── moliya.mijoz.qarz → qarzi bormi

⚡ Har domen o’z kontraktini e’lon qilgan bo’lsa, bu avtomatik ishlaydi: agent qaysi domendan nima olishni katalogdan ko’radi.

Nega bu shunday ishlaydi

heading.anchorLabel

Agent uchun domen — bu nima qila olishi va nima ko’ra olishi ro’yxati. Agar bu ro’yxat kod ichida yashiringan bo’lsa, uni odam qo’lda ko’chirib yozadi va u darhol eskiradi.

Kontraktda bo’lsa — u yagona haqiqat manbai va agent har relizda o’zi yangilanadi.

Keyingi qadam

heading.anchorLabel